

Mazkur turda bir yo'la ikkita stadionda ochilish marosimi bo'lib o'tadi.
15 iyun kuni "Qo'qon-1912" klubi "Dinamo"ni qabul qiladi. Bu uchrashuv Qo'qondagi "Markaziy" stadionda o'tkaziladi. Stadionning chimi yangilandi va u ideal holatga keltirildi. Bu o'yin soat 18:00da boshlanadi.
16 iyun kuni "Bunyodkor" klubi Qarshining "Nasaf" klubi bilan kuch sinashadi. Bu bahs Toshkentdagi "Milliy" stadionida bo'lib o'tadi. Iyun oyi boshida terma jamoamiz mazkur stadionda ikkita o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazdi. Yakshanba oqshomida esa bu stadionda 2019 yilgi Superliganing ilk o'yini o'tkaziladi. Bu o'yin soat 19:30ga belgilangan.
Eslatib o'tamiz, bu yil boshida Namangan, Andijondagi stadionlarda ham katta ta'mirlash ishlari olib borildi va maydon chimi yangilandi.



