

Futbolchi bilan vodiy futbolining eski qiroli bo'lgan jamoaga o'tishi va boshqa mavzularda qisqacha suhbatlashdik.
- Sunnatillo avvalo "Neftchiga" o'tshingiz haqida, aynan nima sabab va kimning taklifiga ko'ra ushbu jamoani tanladingiz?
- Bilasizmi ushbu jamoadan mavsum tugashiga yaqin taklif bo'lagndi. Bundan tashqari boshqa takliflar ham bo'ldi ammo shaxsan Ilhom aka Mo'minjonovning o'zlari taklif qilganlari uchun aynan Neftchi jamoasini tanladim va bugun shu yerdaman.
- Sunnatillo siz uchun yakunlangan mavsum qaysidur jihatlari bilan omadsiz, qaysidur jihatlari bilan omadli keldi desak adashmaymiz. Yangi jamoada o'zingizni sinab ko'rdingiz, mutaxassislar sizni kashf etishdi. Qisqa qilib aytganda so'nggi mavsum haqida nimalarni aytolasiz?
- To'g'ri aytdingiz boshida Bunyodkor jamoasi bilan mavsumni boshlagan edim. O'zimni yangi poziciyada sinab ko'rdim. Lekin yangi murabbiy menga ko'p ham ishonch bildirmadi va men o'yin amaliyotisiz qolib ketdim. Shu sababdan ikkinchi davrada Turon jamoasiga o'tdim. Bu yerda vazifa aniq belgilangan va shu vazifaga bor e'tibor qaratilgandi. Ammo omadsizlikmi bilmadim maqsadga erisholmadik. Lekin meni ko'nglimni ko'targan narsa ikki jihat bo'ldi. Yani o'zimni boshqa poziciyada o'ynay olishim va Turon jamoasidagi urgan gollarim. Men ishonaman Turon jamoasini keyingi mavsumda Pro ligada ajoyib o'yinlari bilan yana Superligaga qaytadi. Ularga omad tilab qolaman.
- Sizga aynan Turon jamoasining o'zidan ham taklif bo'lganmidi?
- Albatta bo'lgandi ammo nimanidur o'zgartirish kerakligini tushunib etdim va ushbu qarorga keldim. Turon jamoasi rahbariyatiga ham qarorimni to'g'ri tushunganlari uchun o'z minnatdorchiligimni bildirib qolaman.
- Sunnatillo yana bir qiziq savol, sizni qachon legioner sifatida ko'ramiz?
- Bilasizmi takliflar bo'yicha agentlarim shug'ullanadi shu sababdan bir nima deya olmayman. Lekin yaqin ikki, uch yilda boshqa chempionatda to'p surish niyatim bor.
- Cir bo'lmasa Neftchi jamoasi bilan qancha muddatga mo'ljallangan shartnoma tuzildi?
- Neftchi jamoasi bilan bir yilga mo'ljallangan shartnomaga imzo chekdim.
- Yangi mavsum haqida fikrlaringizni bildirsangiz. Yana biz Paxtakor jamoasini favorit sifatida ko'ramizmi yoki o'zgarishlar bo'ladi deb o'ylaysizmi?
- Albatta bu mavsum o'zgarishlar juda katta bo'ladi menimcha, sababi har bir jamoa tarkib jihatidan ham daraja jihatidan ham bir xil ko'rinishga kelmoqda. Shu qatorda Neftchi jamoasi ham yangi mavsumda sovrinli o'rinlarga kurashadi va yana o'sha mashhur jamoani ko'rasizlar degan umiddamiz.
Shohruh Meylixolov suhbatlashdi



