Sulsher "Yunayted"ga 3 himoyachi transfer qilmoqchi

Mirjalol Normatov
6 yanv 2019, 17:39
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi ushbu haftada rahbariyat bilan uchrashib, transferlarni muhokama qilmoqchi.

Norvegiyalik mutaxassis jamoaga Kalidu Kulibali ("Napoli"), Tobi Alderveyrld ("Tottenxem") va Milan Shkrinyar ("Inter") kabi himoyachilarni olib kelmoqchi.

Oldinroq berilgan ma'lumotlarga qaraganda mankunianliklar qishda transferlarga qo'l urmaydi.

Ayni damda "Yunayted" APL turnir jadvalining 6-pog'onasida ketmoqda.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sky Sports