Sulsher: "Sanches yoki Lukakuning o'yiniga ta’sir ko'rsata olmayman"

Aslanov Jasurbek
29 dek 2018, 13:42
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ule-Gunnar Sulsherning so'zlariga ko'ra, yarim himoyachi Pol Pogbaning o'yini faqat uning o'zi tufayli yaxshi tomonga o'zgardi.

"Men futbolchilarning maydondagi o'yiniga ta’sir ko'rsata olmayman. Pol hammasini o'zi qildi. Men faqat ularga yo'l ko'rsataman, qolgani futbolchilarning o'ziga bog'liq. Pogba bilan hech narsa qilganim yo'q, shunday ekan Romelu va Aleksisning o'yiniga ham ta’sir ko'rsata olmayman. Hammasi yigitlarning o'ziga bog'liq.

Ha, futbolchilarga murabbiyning va jamoadoshlarining yordami kerak. Men faqat ularga maslahat beraman.

Hamma yigitlarga nima qilishini aytishim shart emas. Ular yaxshi futbolchi bo'lgani uchun shu yerdalar. Futbolchilar o'z tasavvur, kreativligini ishga solib, o'yindan rohat olishlari kerak" - deydi Sulsher.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sky Sports