Sulsher: "MYU o'zi o'ynay oladigan futbolni ko'rsatishini xohlaymiz"

Tolibjon Qosimov
21 dek 2018, 11:51
"Manchester Yunayted"ning yangi bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher o'zining dastlabki fikrlarini bildirib o'tdi.

"Ko'plab o'yinchilar bilan gaplashib chiqdim. Ular o'rganishni istagan ajoyib professionallar jamlanmasi.

Oldinda turgan o'yinlar soni - muammo emas.

Bizda sifatli o'yinchilar bor va ularda "Manchester Yunayted" a'zosi ekanliklarini isbotlash uchun imkoniyat bo'ladi.

Biz g'alaba qozonishni xohlaymiz. Mening ishim - o'yinchilarga yordam berish. Biz ular o'zlari o'ynay oladigan futbolni ko'rsatishlarini istaymiz", - dedi Sulsher.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: espnfc.com