Sulsher: "Messi? Futbol 11ga 11 o'ynaladi"

Eldor Akmurzayev
9 apr 2019, 22:16
Manchester Yunayted bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher Barselonaga qarshi YCHLning chorak final bahsi oldidan fikrlari bilan bo'lishdi.

“Har bir o'yinning o'ziga yarasha ahamiyati bor. Albatta, Barselona kabi yuqori saviyadagi jamoa bilan to'qnash kelganingda yangi darajaga ko'tarilishing kerak bo'ladi. Ularga qarshi maksimal kuch bilan harakat qilish kerak. PSJ bilan o'z maydonimizda to'qnashganimizda buni uddasidan chiqa olmagandik. Biroq, javob uchrashuvidagi ijobiy natija klub a'zolari va muxlislarga ishonch bag'ishlagandi. Lionel Messi – fantastik o'yinchi. U barcha davrlarning eng yaxshi futbolchilardan biri sifatida futbol tarixidan joy oladi. Uni to'xtatish qiyin bo'ladi. Lekin, uddalab bo'lmas vazifaning o'zi yo'q. Faqat Messini yopish ham to'gri emas. Sababi futbol 11ga 11 o'ynaladi”, - deya qayd etgan 46 yoshli norvegiyalik mutaxassis.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: UEFA.com