Sulsher: "Maktominey butun taym davomida bitta ko'z bilan o'ynadi"

Alisher
21 okt 2020, 13:28
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ole Gunnar Sulsher kecha guruh bosqich 1-tur doirasidagi PSJga qarshi o'yinda Maktomineyning holati haqida gapirdi.

"Skotti butun birinchi taymni bir ko'z bilan o'ynadi, bu ta’sirli bo'ldi. U kontakt linzasini yo'qotdi.

Reshford va Mbappe? Markus - yaxshi va istedodli futbolchi. Mbappe ham ajoyib hujumchi. Ularni taqqoslash qiyin, ammo ular keyingi 10-15 yilda top-futbolchilar bo'lishadi", - deydi Sulsher.

Skott "Manchester Yunayted" tarbiyalanuvchisi, u 2018 yildan beri Shotlandiya terma jamoasi sharafini himoya qiladi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Goal