Sulsher mag'lubiyatdan so'ng: "MYUda 27 ta zarba... Yutqazganimiz yomon bo'ldi"

Aziz Tukhtamuradov
23 sen 2021, 09:43
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Ole-Gunnar Sulsher "Vest Xem"ga qarshi liga kubogi doirasi o'yinidagi o'yindan so'ng (0:1) o'z fikrlarini bildirdi.

"Bizga gol yetishmadi. O'yinga yana sekinlik bilan kirishdik - bu borada ishlashimiz kerak. 

Raqib gol urdi va shundan so'ng biz o'ynay boshladik. Statistika xech qanday ahamiyatga ega emas, lekin siz 27 ta zarba bergan bo'lsangiz, yigitlar harakat qilishganini ko'rsatib beradi. 

Imkon qadar uzoqroqqa bormoqchi edik, ammo hali mavsum uzoq. Biz yaxshi imkoniyatga ega bo'ldik, yigitlardan norozi emasman. Oldimizda katta o'yinlar turibdi. Biz ishlashda, yaxshi natijalarga intilishda davom etamiz. 

Liga kubogidan chiqib ketganimiz yomon bo'ldi, ammo endi e'tiborimizni keyingi o'yinga qaratamiz", - dedi Sulsher. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: BBC Sport