

"Granada" sizni "terlashga" majbur qiladi. Ularga qarshi o'yinda yakkakurashlar ko'p bo'ldi, jamoa ko'p hujumchi bilan oldinga o'tadi. Bunday vaziyatda yaxshi himoyalanish kerak.
2:0, to'p o'tkazib yuborilmadi, bir necha futbolchilar individual yaxshi harakat qilishdi - biz yakshanba kungi o'yin oldidan o'zimizga ishonamiz ("Byornli").
"Roma"ning ko'p o'yinini ko'rmaganman. Ular "Ayaks"ga qarshi ikkita yaxshi o'yin o'tkazishganligini bilaman. Barcha italyan klublaridek yaxshi himoyalanadi. Va albatta ularda istalgan payt xavf tug'dira oladigan Edin Jeko bor.
Yarim final o'yinlarini sabrsizlik bilan kutyapmiz. Oldinda haqiqiy yevropacha kurash. "Roma" boy tarixga ega jamoa. Avvallari biz Italiya klublariga qarshi yaxshi o'ynardik.
Finalga chiqishga umid qilamiz. Mavsum oxirida sovrin yutish esa ajoyib bo'lardi", - dedi Sulsher.



