Suares qariyotganligini va "Barselona" hujumchi olishi kerakligini ta'kidladi

Alisher
18 iyun 2019, 11:31
"Barselona" va Urugvay terma jamoasi hujumchisi Luis Suares kataloniyaliklar hujumchi sotib olishlari kerakligini aytib o'tdi.

- Shubhasiz, "Barselona" markaziy hujumchi sotib olishi kerak, chunki men 32 yoshdaman, yanvarda esa 33ni qarshilayman, vaqt o'tmoqda. Yosh futbolchilar men bilan raqobat qilish uchun emas, klub kelajagi uchun jalb qilinishi kerak, - deydi Suares.

Suares Urugvayning "Nasonal" klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 2014 yilda "Barselona"ga kelishidan oldin "Groningen", "Ayaks" va "Liverpul" klublari sharafini himoya qilgan. 2007 yildan esa Urugvay terma jamoasi futbolchisi sanaladi.

Futbolchi joriy mavsum barcha turnirlarda 57ta o'yinda maydonga tushib, 30ta gol va 11ta assistga erishgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/marca