Suares jiddiy jarohatdan qutulib qoldi

Narzulla Saydullayev
9 dek 2021, 23:30
Futbolchi uzoq muddatga safdan chiqishi mumkin edi.

"Atletiko" forvardi Luis Suares "Portu"ga qarshi Chempionlar Ligasi doirasidagi o'yinda jarohatlangandi. Klub matbuot hizmati esa futbolchining ahvoli haqida ma'lumot berdi. 

Dastlab, futbolchiga oyoqdagi payning qattiq lat eyishi tashhisi qo'yilgandi. Ammo, tibbiy ko'rik natijasida ushbu tashhis o'zini oqlamadi. Hozirda Suarez tiklanish mashqlarini individual tarzda olib bormoqda. Tez orada futbolchining safga qaytish muddati aniq bo'ladi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: atleticodemadrid.com