Suares: "Barselona"ning maqsadi - Ispaniya Superkubogi"

Alisher
2 yanv 2020, 15:46
"Barselona" forvardi Luis Suares Ispaniya Superkubogi haqida gapirdi.

"Bosh maqsadimiz - Superkubok. Bu biz uchun jozibali musobaqadir. Yangi format, birinchi o'yinni "Atletiko"dek top-klubga qarshi o'tkazish.

Finalga chiqish uchun barchasini qilamiz va yangilangan formatdagi Superkubokka ega chiqishga harakat qilamiz", - deydi Suares.

Eslatib o'tamiz, Ispaniya Superkubogi yanvar oyida Saudiya Arabistonida "Barselona", "Atletiko", "Valensiya" va "Real" jamoalari ishtirokida bo'lib o'tadi.

Yarim final doirasidagi "Barselona" - "Atletiko" o'yini esa 9 yanvar kuni Toshkent vaqti bilan soat 23:55da boshlanadi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: sport.es