Stounz: "Sanening yo'qligi Germaniya termasi uchun qattiq zarba bo'lishi kerak"
Mirjalol Normatov
10 iyun 2018, 12:42
"Manchester Siti" himoyachisi Jon Stounz jamoadoshi Leroy Sanening JCHda qatnashmasligi borasida fikr bildirdi.
"Leroy - jahon darajasidagi futbolchi. U termaga chaqirilmaganidan afsuslanayotganiga ishonaman. Bunday futbolchilardan voz kechilishi Germaniya termasiga qattiq zarba bo'lishi kerak", - dedi himoyachi.