Sterling: "Gvardiola hech qachon bo'shashishga imkon bermaydi"

Aslanov Jasurbek
9 apr 2019, 11:57
"Manchester Siti" yarim himoyachisi Raxim Sterling "Tottenxem"ga qarshi bo'ladigan Chempionlar ligasi chorak final o'yini haqida fikr bildirdi.

"Chempionlar ligasi - ajoyib turnir. Bu yerda e'tiborsizlik qilib bo'lmaydi. Muvaffaqiyatli o'yinimning siri shundaki, men yaxshi formadaman va kuchli murabbiydan saboq olyapman. Gvardiola doimo ortingda turadi va bo'shashishingga imkon bermaydi.

Yangi stadion juda chiroyli. Arena haqida ko'p eshitdim, endi o'z ko'zlarim bilan ko'rib turibman. Ushbu stadionda yaxshi o'yin o'tadi deb umid qilaman" - deydi Sterling.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: UEFA