Starrij APLda apreldan buyon ilk marta gol urdi

Aslanov Jasurbek
28 dek 2016, 01:02
“Liverpul” hujumchisi Daniel Starrij APL 18-turida jamoasining “Stok Siti”ga qarshi kechgan bahsida uchrashuvdagi so'nggi golga mualliflik qildi.

Bu hujumchining joriy mavsumda barcha turnirlarda kiritgan 7-goli bo'ldi. APL uchrashuvlarida esa Starrij oxirgi marta joriy yilning aprel oyida gol urishga erishgandi.

O'tgan mavsumda “Liverpul” hujumchisi APLda 14 ta uchrashuvda maydonga tushib, 8 ta golga mualliflik qilgandi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: sports.ru