Stankovich: "Ibragimovich "Milan"ga o'tmay, PSJda qolgani yaxshi"

Aslanov Jasurbek
7 avg 2015
"Inter" bosh murabbiyi yordamchisi Deyan Stankovich PSJ hujumchisi Zlatan Ibragimovichga "Milan"ga o'tmaslikni maslahat berdi.

"Milan" tarkibida Zlatanni ko'rish men uchun og'ir bo'lar edi. U PSJda qolib, sovrinlarni qo'lga kiritsin.

Italiya chempionatining uchinchi turida "Milan" bilan to'qnash kelamiz, bu o'yin butun mavsum uchun kuch beradi. Mixaylovichga qarshi derbi 90 daqiqa davom etadi, keyin esa yana do'stga aylanamiz" - deydi Stankovich.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com