"Sport TV" "Navbahor" stadionidagi ochilish o'yinini jonli ko'rsatadi

Tolibjon Qosimov
4 may 2019, 11:26
Bugun Superliga 7-tur bellashuvlari davom ettiriladi.

Namanganda "Navbahor" jamoasi Jizzaxning "So'g'diyona" klubini qabul qiladi. Bu o'yin shunisi bilan ham ahamiyatli-ki, "Markaziy" stadion qayta tamirdan so'ng birinchi o'yinni o'tkazadi. Demak, bugun Namanganda ochilish o'yini bo'ladi. "Sport" telekanali "Navbahor" - "So'g'diyona" uchrashuvini to'g'ridan-to'g'ri efirda namoyish etadi. Uchrashuvni tomosha qilish uchun Namanganga bora olmagan muxlislar "Sport TV"ni yoqishlari mumkin.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.asia