

Bu haqda MTRKning xalqaro aloqalar bo'limi “Daryo”ga ma'lum qildi.“Sport” telekanali YCHL o'yinlarini translyatsiya qilish huquqini musobaqa boshlanishiga bir kun qolganda ham qo'lga kiritishi mumkin. Muzokaralar anchadan buyon davom etmoqda, ammo haligacha ijobiy yakun topgani yo'q.
Chempionlar Ligasi guruh bosqichining 1-tur o'yinlari 15-sentyabr kuni boshlanadi.
Eslatib o'tamiz, UzReport TV telekanali O'zbekistonda Yevropa Chempionlar Ligasi o'yinlarini to'g'ridan-to'g'ri translyatsiya qilish huquqini qo'lga kiritgan.



