"Sport" telekanali bugungi o'yinni namoyish etadimi?

Narzulla Saydullayev
14 noya 2017
Soat 18:00da boshlanadigan o'yinni ko'pchilik intizorlik bilan kutayotgani bor gap.

Barchada bitta savol: BAA - O'zbekiston uchrashuvini SPORT telekanali jonli namoyish etadimi yoki yo'qmi? 

Saytimiz vakillari telekanal xodimlariga qo'ng'iroq qilib vaziyatga oydinlik kiritishga harakat qilishdi. Javob quyidagicha bo'ldi: 

BAA - O'zbekiston uchrashuvini to'g'ridan-to'g'ri olib berish bo'yicha ish olib borilmoqda. Agar barchasi joyida bo'lsa o'yin jonli namoyish etiladi. Hozircha hech narsa aniq emas.

Eslatib o'tamiz, BAA - O'zbekiston uchrashuvi Toshkent vaqti bilan soat 18:00da boshlanadi. Bu o'yin terma jamoamiz uchun Ro'ziqul Berdiev boshchiligidagi birinchi bahs bo'ladi.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia