"Spartak" Shyurrledan so'ng yana bir futbolchi tarkibni kuchaytirdi

Eldor Akmurzayev
5 avg 2019, 22:55
AZ Alkmar yarim himoyachisi Gus Til rasman Spartak a'zosiga aylandi.

Futbolchining transfer summasi 18-20 mln. evro oralig'ini tashkil etgani taxmin qilinmoqda. U bilan kelishuv esa to'rt yilga mo'ljallangan. Til yangi jamoasi safida 8 raqam ostida harakat qiladi.

Gollandiyalik 21 yoshli xavbek o'tgan mavsum Erdivizida 33 bahsda qatnashib, 12ta gol urishga erishdi. 

Avvalroq, moskvaliklar Borussiya Ddan Andre Shyurrleni xarid qilishgandi. 

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: twitter.com/fcsm_official