So'rovda ishtirok etganlarning deyarli yarmi Keylor Navasni "Real"da ko'rishni istashmayapti

Aslanov Jasurbek
16 mar 2017, 11:02
Ispaniyaning Marca nashri o'z o'quvchilarining "Real" darvozaboni Keylor Navasga nisbatan fikrini bilish uchun so'rovnoma o'tkazdi.

Savol shunday edi: "Qirollik klubi" kosta-rikalik posbon bilan xayrlashishi kerakmi?

So'rovnoma natijasiga ko'ra, ishtirokchilarning 47,2 foizi Navasning ketishini istadi.

So'nggi vaqtlarda Navas o'z o'yini tufayli tanqidlarga uchradi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com