
Uning takidlashicha, futbolchi klubdagi faoliyatiga ko'proq e'tibor bermoqchi.
"Jahon chempionatidan keyin Kamerun terma jamoasidagi ishtirokimni yakunlash haqida o'yladim. Meni Afrika Kubogiga chaqirishmaganda, shunday qilish kerak ekanligini tushundim. Men oilam bilan maslahatlashdim va bu qaror to'g'ri ekanligini tushundim.
Men doimo vatanimni sevaman va Kamerun terma jamoasiga faqat eng yaxshi niyatlarni tilab qolaman. Endi bor e'tiborimni klubdagi faoliyatimga qaratishim kerak. "Vest Xem"da faoliyatimni yangilash imkoniyati bor" - deydi Song.