Son Xyon Min "Tottenxem"ni tark etishi va Saudiya klubiga o'tishi mumkin?!

Alisher Ostonov
4 iyun 2025, 00:44
Son Xyon Min yozda "Tottenxem"ni tark etishi mumkin.

Janubiy Koreya terma jamoasining 32 yoshli vingeriga Saudiya Arabistoni klublari da'vogarlik qilmoqda.

Sonning kelishuvi 2026 yilning yoziga qadar mo'ljallangan va "Tottenxem" hozirda futbolchi uchun jamoani qayta qurish uchun zarur bo'lgan mablag'ni olishi mumkin.

Son Xyon Min londonliklar safida 2015 yildan buyon o'ynab kelmoqda. U klub bilan 2024/25 yilgi Yevropa ligasida g'olib chiqdi.

Koreyalik futbolchi joriy mavsum APLda 30 ta o'yinda 7 ta gol urdi va 9 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Avvalroq, klub bosh murabbiy Ange Postekogluni iste'foga chiqarishi mumkinligi ma'lum bo'lgandi.

O'xshash yangiliklar


Alisher OstonovMuallif
Manba: The Telegraph