Son Xyon Min: "Manchester Siti" hozirda dunyoning eng kuchli jamoasi

Aslanov Jasurbek
15 avg 2021, 23:32
Angliya Premer-ligasining ilk turida "Manchester Siti"ga qarshi o'yinda (1:0) g'alaba to'pini kiritgan "Tottenxem" yarim himoyachisi Son Xyon Min o'yindan so'ng o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Mavsumning dastlabki o'yinini muxlislar qarshisida yaxshi o'tkazishni xohlagandik. Ajoyib uchrashuv bo'ldi, barcha futbolchilar uch ochko uchun ter to'kishdi. "Manchester Siti" hozirda dunyoning eng yaxshi jamoalasi, shuning uchun ko'p mehnat qildik va mavsum boshida biz uchun katta ahamiyatga ega bo'lgan g'alabani qo'lga kiritdik.

Ajoyib kecha bo'ldi. Muxlislarni sog'ingandik. Futbol muxlislar bilan lazzatli. Biz ular uchun o'ynaymiz. Ular men va butun "Tottenxem" uchun katta ahamiyatga ega. Stadionga kelib bizni qo'llab-quvvatlaganlari uchun muxlislarga minnatdorchilik bildiraman" - dedi koreyalik forvard.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sky Sports