Son Xyon Min Yevropaga qaytmoqchi

Alisher Ostonov
26 okt 2025
33 yoshli koreyalik hujumchi Son Xyon Min MLSdagi mavsumni yakunlagach, Yevropa klublaridan biriga o'tishni rejalashtirmoqda.

Bu futbolchiga kelasi yil yozda bo'lib o'tadigan jahon chempionati oldidan o'z formasini saqlab qolish imkonini beradi.

Son Xyon Min Italiyaning "Milan" klubiga o'tishi mumkin. Alohida takidlanishicha, gap qisqa muddatli ijara haqida ketmoqda, shundan so'ng koreyalik "Los-Anjeles"ga qaytadi.

Son Xyon Min MLSda 10 ta o'yinda maydonga tushib, to'qqizta gol urdi va uchta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning jamoasi G'arbiy konferenciyada uchinchi o'rinni egallab, MLS pley-off bosqichiga chiqdi.


Alisher OstonovMuallif
Manba: Transfer Feed