

Yordamchi murabbiy Diyor Fayziev boshchiligida jamoa ikki mahal mashg'ulot olib bordi va mashg'ulotlar asosan futbolchilarning jismoniy holatini yaxshilashga qaratilgan edi.
Jamoa bugun Zomindagi yig'inni yakunladi va 16 iyul kuni “So'g'diyona” qarorgohiga yig'iladi.
Tayyorgarlikning ikkinchi bosqichi davomida bir nechta o'rtoqlik uchrashuvlari ham rejalashtirilgan.
Ikkinchi bosqich yig'ini davomida bir nechta yangi futbolchilarning kelishi kutilmoqda.
“So'g'diyona” matbuot xizmati



