"So'g'diyona"ning ikki legioneri uchun mavsum yakunlandi

Narzulla Saydullayev
24 noya 2023, 14:31
Kecha Jizzaxning "So'g'diyona" klubi Superliganing 25-turida "Nasaf" mehmoni bo'lib, 0:0 hisobida durang o'ynadi.

Ushbu bahsda "So'g'diyona" posboni Milan Mitrovich va himoyachi Tarik Isich mavsumdagi o'zlarining 4-sariq kartochkalarini olishdi. Shu bois, har ikkala legioner 1 dekabr kungi "Surxon"ga qarshi o'yinda jamoasiga yordam bera olmaydi. 

Ma'lumot uchun, Mitrovich 2023 yilda "So'g'diyona" safida barcha musobaqalarda jami 22 ta o'yinda maydonga tushdi va 31 ta gol o'tkazib yubordi. Tarik Isich esa yakunlanayotgan yilda barcha musobaqalarda 25 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 1 ta golli pas berdi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: Championat.asia