

Bo'lib o'tgan taqdimot marosimda Jizzax viloyati futbol federatsiyasi vice-prezidenti Anvar Musulmanov, “So'g'diyona” FK bosh murabbiyi Davron Fayziev, OAV xodimlari va fan-klub a'zolari ishtirok etishdi.
Dastlab Anvar Musulmanov so'z olib, jamoaning yangi mavsumga olib borgan tayyorgarligi, ushbu mavsumda muxlislarning stadionga kirish tartiblari haqida to'htalib o'tdi. Bosh murabbiy Davron Fayziev esa jamoadagi o'zgarishlar, yangi taklif etilgan futbolchilar, rahbariyat tomonidan qaratilayotgan e'tiborlar to'g'risida gapirib, bu yilgi mavsumda jamoa muxlislarga yoqadigan o'yin ko'rsatishiga harakat qilishini va yaxshiroq natijalar qayd etilishiga bor kuchlari bilan mehnat qilishlari haqida gapirdi. Shundan so'ng, OAV xodimlari o'zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi.
Jamoaga yangi taklif etilgan futbolchilarga raqamlari tushirilgan futbolkalari topshirildi.

Temur G'aniev

Murod Xolmuhammedov

Sarvajon Jo'raev

Jahongir Jiyamurodov

Muzaffar Abdullaev

Akmal Xolmurodov

Sardor Sobirxo'jaev

Shahzod Karimov

Suxrob Qobilov

Temur Hakimov

Farrux Shotursunov

"So'g'diyona"ning yangi futbolchilari
"So'g'diyona" matbuot xizmati



