“So'g'diyona” Samarqand viloyati Federatsiya kubogi sohibi

Narzulla Saydullayev
18 fev 2018, 10:52
Avval xabar berganimizdek,Samarqandda futzal bo'yicha Samarqand viloyati federatsiya kubogi musoboqasi bo'lib o'tayotgan edi.

Unda ishtirok etgan jamoalar  orasida “So'g'diyona” futzal jamoasi bor edi.

Bugun ushbu turnirning final bahsi bo'lib o'tdi. 21 yil davomida oliy liga ishtirokchisi bo'lib kelayotgan “Nafis” jamoasi “So'g'diyona”ga  qarshi g'oliblik uchun kurash olib bordi. Qiziqarli kechgan bahs gollarga boy bo'ldi va 6:6 hisobida yakunlandi. Penaltilar seriyasida esa “So'g'diyona” ning qo'li baland keldi. O'zbekiston futzal terma jamoasi a'zosi Ixtiyor Ropiev yakuniy zarbani behato amalga  oshirdi va jamoa mavsumdagi ilk sovringa ega chiqdi.

“Nafis”-“So'g'diyona” 6:6

Gollar:
Ixtiyor Ropiev 3 ta ,Diyor Islomov 1 ta, Baxtbek Xolbekov 1 ta ,Shuxrat Suyarqulov 1 ta.

Penaltilar seriyasida: Baxtbek Xolbekov, Shuxrat Suyarqulov, Ixtiyor Ropiev.

“So'g'diyona”: Oybek Akmalov, Otamurod Jumanov ,Farxod G'aniboev, Elbek Imomnazarov, Siroj Shakirov, Baxtbek Xolbekov, Diyor Islomov ,O'tkir Mamatov, Ixtiyor Ropiev, Dilmurod Jumanov, Shuxrat Suyarqulov,  Jasur Abdulhakimov, Muxtorbek Mamajonov ,Eldor Meliboev.

Jamoa murabbiylari: Sirojiddin Ergashev ,Oybek Abdurahmonov

Futzal jamoamizni kubok sohibi bo'lganligi bilan tabriklaymiz va mavsum davomida bundanda yuqori natijalarni qo'lga kiritilishiga tilakdoshmiz!

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcsogdiana.uz