"So'g'diyona" safida besh nafar yangi futbolchi bor

Narzulla Saydullayev
13 yanv 2018, 08:50
Aleksandr Mochinov qo'l ostida “So'g'diyona” jamoasi yangi mavsumga tayyorgarlikni Jizzaxda davom ettirmoqda.

O'tgan mavsumda O'zbekiston kubogi uchrashuvlari  doirasida  “Orol”  jamoasi safida “So'g'diyona”ga  qarshi o'ynagan hamda ushbu jamoaga  bosh murabbiy  bo'lib  ishlagan Temur Turdiev endilikda Aleksandr Mochinovga yordamchi murabbiy vazifasini bajaradi. Mashg'ulotlar zamonaviy va qiziqarli tarzda olib borilmoqda. Ertalabki mashg'ulot futbolchilarning jismoniy holatini yaxshilashga qaratilgan bo'lsa, kechki mashg'ulotda futbolchilar qo'proq to'p bilan mashqlar bajarishadi.

“Metallurg” jamoasi a'zolari Doniyor Odilov va Dilmurod Karimov, “Neftchi” hujumchisi Otabek Haydarov, “Obod”dan Obid Hakimov va Farhod Mirahmatov kabi yangi futbolchilar mashg'ulotlarda faol ishtirok etmoqda. “Dinamo” jamoasidan kelgan himoyachi Shoxrux Holmatov xorij klubidan taklif olganligi sababli "So'g'diyona" lagerini tark etdi.

O'tgan masumda esda qolarli harakatlari bilan jizzaxlik muxlislar mehrini qozongan Ixtiyor Toshpo'latov yana “So'g'diyona”da.

Shuningdek, Shirinboy Abdullaev, Izzatilla Abdullaev, Sherzod Jalilov, Shoxrux Dostonov, Azamat Isroilov, Elyor Orifov, Sardor Eminov, Sardor Qulmatov bilan shartnoma muddati uzaytirildi.

Mashg'ulotlar xozircha Jizzaxda davom etmoqda . Belgilangan rejaga ko'ra yig'inning ikkinchi yarmi Toshkentda davom ettiriladi.Toshkentdagi yig'in davomida  bir qancha jamoalar bilan o'rtoqlik uchrashuvlari o'tkazilishi rejalashtirilgan hamda bir nechta futbolchilarning kelishi kutilmoqda. Ular haqida keyinroq rasmiy manbalarimiz orqali batafsil ma'lumot beramiz.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: “Сўғдиёна” матбуот хизмати