

Yig'in davomida "So'g'diyona" bir nechta o'rtoqlik uchrashuvlarini ham o'tkazdi. Yana bir o'rtoqlik o'yini 30 yanvar kuni soat 12:00 da Qozog'istonning "Maxtaaral" klubiga qarshi o'tkaziladi.
Hozircha bahs Qibraydagi stadionda o'tkazilishi rejalashtirilgan. Ob-havoning qanday kelishiga qarab, "Paxtakor" klubiga qarashli sun'iy maydonga ko'chirilishi mumkin. Yig'in davomida "So'g'diyona" 1 fevral kuni "Qizilqum"ga qarshi navbatdagi o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi. Bahs "Bunyodkor" akademiyasi maydonida o'tkazilishi rejalashtirilgan.
"So'g'diyona" matbuoti xizmati




