

3 apreldan 5 aprelgacha ovoz berish jarayoni davom etdi. Unga ko'ra, 54% bilan jamoa hujumchisi Shoxrux Dostonov eng ko'p ovoz to'pladi. “Mashal” jamoasidan kelib qo'shilgan hujumchi jamoaga kerakli bo'lgan g'alabani “Olmaliq”qa qarshi bahsda oxirgi daqiqalarda muhim golni Akbar To'raev darvozasiga kiritgan edi. Hujumchiga “Obod” ga qarshi bahsda omad tilaymiz va jamoamizga faqat g'alabalar olib kelishiga ishonamiz.
“So'g'diyona” matbuot xizmati




