“So'g'diyona” ikki nafar yangi futbolchi bilan kelishuvga erishdi

Narzulla Saydullayev
3 yanv 2020, 18:55
Jizzaxning “So'g'diyona” jamoasi 6 yanvar kuni Toshkentda yig'iladi va yangi mavsumga tayyorgarlikni boshlaydi.

Bosh murabbiy Ulug'bek Baqoev joriy mavsumga jamoasini har tomonlama puxta tayyorlashni maqsad qilgan. Shu bois jizzaxliklar selekciya ishlariga ham katta e'tibor qaratmoqda.

O'tgan mavsum “Metallurg” sharafini himoya qilgan tajribali futbolchi Shavkat Mullajonov bilan “Bunyodkor”ning iqtidorli yarim himoyachisi Javohir Qahramonov joriy yilgi chempionatda “So'g'diyona” sharafini himoya qilishi aniq bo'ldi.

Olingan ma'lumotlarga ko'ra, har ikki futbolchi ham jizzaxliklar bilan kelishuvga erishgan.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia