

Hozirda Akmal Xolmurodov, Sarvar Jo'raev va Rabbim Hasanovlar bilan bir yillik shartnomalar imzolandi. Jamoaga ko'rikdan o'tish uchun bir qator futbolchilar tashrif buyurishi davom etmoqda. "So'g'diyona" ertadan yig'inni Toshkentda davom ettiradi. Ushbu yig'in 30 yanvargacha davom etadi. Jamoamiz "O'zbekiston" mehmonxonasida istiqomat qiladi.
Rasmiy saytdagi texnik va dasturlash ishlari olib borilayotganligi sababli, xabarlarni telegramdagi telegram.me/fcsogdiana kanali, tvittyerdagi twitter.com/fcsogdiana, feysbukdagi facebook.com/fc.sogdiana , Instagramdagi Instagram.com/fcsogdiana sahifalar orqali tanishib borishingiz mumkin.
"So'g'diyona" PFK a'zolari.



