"So'g'diyona" ertaga "Dinamo" bilan o'ynaydi

Narzulla Saydullayev
12 yanv 2017, 21:00
"So'g'diyona" klubi yangi mavsumga tayyorgarlikni davom ettirmoqda
Ikki mahal mashg'ulot asosan o'yinchilarning jismoniy tayyorgarligiga qaratilmoqda. Bir necha kun avval jamoa Yangiyerda "Mashal"ga qarshi nazorat uchrashuvini o'tkazgan edi.

Ertaga esa "So'g'diyona" Samarqandning "Dinamo" jamoasiga qarshi nazorat uchrashuvini o'tkazadi. "So'g'diyona" ikki tarkibda o'ynaydi. Birinchi tarkib soat 12:00da uchrashuvni boshlaydi, ikkinchi tarkib soat 13:00da maydonga tushadi.

O'yin "So'g'diyona"ning Jizzaxdagi qarorgohida bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia