"So'g'diyona" 20 yil o'tib Toshkentda "Paxtakor"ga uchta gol urdi

Narzulla Saydullayev
30 sen 2013, 15:58
Kecha oliy liganing 20-turidan o'rin olgan "Paxtakor" - "So'g'diyona" uchrashuvi bo'lib o'tdi.
Unda maydon egalari 4:3 hisobida zafar quchishdi. "So'g'diyona" oxirgi marta "sherlar" darvozasiga 1999 yilgi mavsumda uchta gol urgandi. O'sha yil Jizzaxda o'tgan o'yinda "So'g'diyona" 3:2 hisobida zafar quchgandi.

Toshkentda esa Jizzax klubi so'nggi bor 1993 yilgi mavsumda "Paxtakor" darvozasini uch bor ishg'ol qilgan ekan. 20 yil o'tib "So'g'diyona" poytaxtda "sherlar" darvozasiga uchta to'p kiritishga erishdi.

Kechagi o'yinda jizzaxliklar safida Ayubxon No'monov, Siroj Hamroev va Ilyos Qurbonov gol urishdi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia