Sofascore. “Rizespor“ mag'lub bo'lgan bahsda Aliqulov necha bahoga loyiq ko'rildi?

Khoja
11 may 2025, 08:23
Kecha Turkiya chempionatining 35-tur bahslari davom ettirildi.

“Rizespor“ jamoasi mehmonda “Konyaspor“ga qarshi bahs olib bordi. Uchrashuv mezbonlarning 2:1 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi.

Mehmonlar safida O'zbekiston milliy jamoasi himoyachisi Husniddin Aliqulov to'liq harakat qildi va 52-daqiqada sariq kartochka oldi.

Sofascore nashri futbolchimizning harakatlariga 6,9 baho bergan.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: Sofascore