Sobirjonov va Xojimirzaev "Qo'qon-1912"da

Alisher
9 fev 2021
Baxtiyor Ashurmatov boshchiligidagi “Qo'qon-1912” jamoasi kechadan Toshkent shahrida navbatdagi o'quv-yig'in mashg'ulotlarini boshlashdi.

Mashg'ulotlar kuniga ikki mahaldan o'tkazilmoqda. Toshkent yig'inida jamoaning ikki nafar yetakchi futbolchilari Murod Xolmuhammedov hamda Oybek Rustamovlar ishtirok etishmayapti. Bu futbolchilar O'zbekiston milliy terma jamoasi yig'inida ishtirok etish uchun Dubay shahriga jo'nab kyetishgan. Yosh hujumchi Xamidillo Abduxamidov esa shifokorlar nazorati ostida davolanish jarayonini davom ettirmoqda. Tarkibga yangi futbolchilar ham qo'shilgan. “Shunqorlar”ning mashg'ulotlariga Toshkentning “Paxtakor” jamoasidan yarim himoyachi Asadbek Sobirjonov kelib qo'shildi. Asadbek Sobirjonov  2000-yilda tug'ilgan, biroq u Superligada 35ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol urishga ulgurgan. Sobirjonov OCHLda ham 2ta o'yinda maydonga tushgan. 

Farg'onada bo'lib o'tgan “Viloyat hokimi kubogi-2021” musobaqasida “Istiqlol” jamoasi safida o'ynab, musobaqaning “eng yaxshi futbolchisi” sovrinini qo'lga kiritgan, xujumkor yarim himoyachi Anvarjon Xojimirzaev ham "Qo'qon-1912" yig'iniga kelib qo'shildi. Tarkibga ikki nafar yosh o'yinchilar qo'shilishgan. Bular “Neftchi” jamoasidan Ilxom Vahobov (18 yosh), “Chig'atoy” futbol akademiyasidan Jamshid Rahmatullaev (18yosh). 

Quyida Toshkent yig'inida ishtirok etayotgan futbolchilar ro'yxati bilan tanishing:

Darvozabonlar: Muzaffar Abdullaev, Xurshid Xo'jaev, Eldor Adhamov.

Himoyachilar: Aleksandr Merzlyakov, Ivan Yosovich, Slavko Lukich, Bobur Akbarov, Avazxon Mamatxo'jaev, Ilxomjon Vaxobov.

Yarim himoyachilar: Muhammadanas Xasanov, Jamshid Rahmatullaev, Iqbol Malikjonov, Farhod Bekmurodov, Sardor Etovqo'ziev, Anvarjon Xojimirzaev, Sardor Azimov, Asadbek Sobirjonov, Suhrob Berdiev

Hujumchilar: Mo'min Meliev, Shohnazar Norbekov, Andrey Sidorov




Reklama





AlisherMuallif
Manba: "Қўқон-1912" матбуот хизмати