Sobiq futbolchi va jahon chempioni koronavirus sababli vafot etdi

Mirjalol Normatov
17 apr 2020, 19:10
Angliya terma jamosi va "Lids Yunayted" afsonasi Norman Xanter 77 yoshida vafot etdi.

U roppa rosa bir hafta oldin koronavirusga chalingani sababli kasalxonaga yotqizilgandi. Biroq vrachlar uning hayotini qutqarib qola olishmadi.

Xanter Angliya terma jamoasi tarkibida 1966 yilgi JCHda harakat qilgandi. "Lids"dan tashqari  u "Bristol Siti" va "Barnsli" kabi jamoalar tarkibida ham o'ynagan.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal