"Sky Sports" translyatsiyasi tufayli APL uchrashuvi vaqti o'zgartirildi

Omonjon To`xtamirzayev
12 sen 2024, 17:34
APL 4-turi doirasidagi "Bornmut" - "Chelsi" uchrashuv boshlanish vaqti o'zgartirildi.

Avvaliga o'yin 14 sentyabr sanasida soat 19:00da start olishi kerak edi. Biroq uchrashuv 20:00da boshlanadigan bo'ldi. Bunga "Sky Sports" o'yinni jonli efirda namoyish etishga qaror qilgani sabab bo'lgan. Buyuk Britnaiyada 14:45 - 17:15 (mahalliy vaqt) oralig'ida futbol uchrshuvlari translyatsiyasi taqiqlangan, mahalliy vaqt bilan 17:30da esa telekanal "Aston Villa" va "Everton" to'qnashuvini namoyish etishni lozim topgan.

Shu tariqa, "Chelsi"ning "Bornmut"ga qarshi to'qnashuvi avval belgilangandan kechroq start oladigan bo'ldi.

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: dailymail.co.uk