Skoulz o'zi muxlislik qiladigan jamoaning bosh murabbiyi bo'lishga yaqin

Mirjalol Normatov
20 yanv 2019, 11:29
"Manchester Yunayted"ning sobiq yarim himoyachisi Pol Skoulz yaqin vaqtlar ichida "Oldxem" bosh murabbiyi bo'ladi.

"The Telegraph" nashri xabariga ko'ra, tomonlar muzokaralarni yakunlashgan. "Oldxem" 2-Ligada (Angliyaning 4-raqamli divizioni) ishtirok etadi. Skoulz ham yoshligidan buyon aynan shu jamoaga muxlislik qilib kelgan. "Oldxem" hozirda chempionat turnir jadvalining 12-pog'onasida ketmoqda.

42 yoshli Skoulz hali murabbiylikda ishlamagan. 2013 yilda faoliyatini yakunlagan futbolchi "qizil iblislar"ning afsonasi bo'ldi.

"Oldxem"ning eng yaxshi natijasi 1914/15 yilgi mavsumda qayd etilgan. O'shanda jamoa Angliya chempionatining 2-pog'onasini qo'lga kiritgan.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: The Telegraph