Skoulz o'g'lini o'ylab televideniedan ketdi

Sherzod Nurmatov
31 okt 2025, 13:16
"Manchester Yunayted" sobiq futbolchisi Pol Skoulz televidenie ekspertligidan ketishga qaror qildi.

50 yoshli Skoulz endi o'g'li bilan ko'proq vaqt o'tkazmoqchi.

Uning farzandi Aydenga bolaligida autizm tashxisi qo'yilgandi. 

"Men bu qarorni Ayden tufayli qabul qildim. Men uning kundalik hayotini diqqat bilan kuzatib boraman", – dedi Skoulz. 

Pol Skoulz butun futbolchilik faoliyatini "Manchester Yunayted"da o'tkazgan. U "qizil iblislar" safida 716 rasmiy o'yinda maydonga tushib, 155 ta gol urgan va 82 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Sports Illustrated