

50 yoshli Skoulz endi o'g'li bilan ko'proq vaqt o'tkazmoqchi.
Uning farzandi Aydenga bolaligida autizm tashxisi qo'yilgandi.
"Men bu qarorni Ayden tufayli qabul qildim. Men uning kundalik hayotini diqqat bilan kuzatib boraman", – dedi Skoulz.
Pol Skoulz butun futbolchilik faoliyatini "Manchester Yunayted"da o'tkazgan. U "qizil iblislar" safida 716 rasmiy o'yinda maydonga tushib, 155 ta gol urgan va 82 ta golli uzatmani amalga oshirgan.



