Skolari: "Rossiyaga qarshi o'yindan oldin Ronalduga otasining o'limi haqida xabar bergandim. U esa maydonga tushishni so'ragandi"

Narzulla Saydullayev
8 fev 2022, 23:59
Portugaliya terma jamoasi sobiq bosh murabbiyi Luis Felipe Skolari Krishtianu Ronalduning otasining o'limi haqida futbolchiga aynan o'zi xabar berganini esladi.

Bu holat 2006 yilgi Jahon chempionati saralash o'yinlari doirasida, 2005 yil 7 sentyabr kuni Rossiyaga qarshi o'yin (0:0) oldidan bo'lgandi.

"Bu juda qiyin bo'lgandi. Aynan o'sha suhbat o'zaro munosabatlarimizni boshqa darajaga olib chiqqandi. Bu shunchaki o'yinchi va murabbiy o'rtasidagi aloqadan ko'ra kattaroq narsa edi. 

Rossiyaga qarshi o'yin oldidan uning otasining o'limi haqidagi xabarni bilganimizda, buni qanday qilib Krishtianuga etkazishni hech kim bilmasdi. Bu xabarni etkazishni hech kim xohlamasdi. 

O'shanda buni men qilishimni, bir necha yillar oldin o'zim ham ota-onamni yo'qotganimni jamoaga aytdim. 

Ronaldu o'yindan oldin mendan so'ragandi: "Bugun otam uchun hech narsa qila olmayman. Shu sabab ham ertaga o'ynayman va keyin jo'nab ketaman".

Bu juja g'amgin holat edi. Ertasi kuni Ronaldu ajoyib o'yin o'tkazdi va shundan so'ng Portugaliyaga jo'nab ketdi", -deydi Luis Felipe Skolari.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: Daily Mail