Skolari: “Katastrofik mag'lubiyatda aybni o'z zimmamga olaman”

Narzulla Saydullayev
9 iyul 2014, 10:33
Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Luis Felipe Skolari Germaniyadan qabul qilib olingan 1:7 hisobidagi mag'lubiyat uchun barcha aybni o'z zimmasiga oldi.
“Biz bugun buyuk jamoaga yutqazdik. Germaniya terma jamoasi bugun shunchaki fantastik o'yin namoyish etdi. Keyin bugun hech bir jabhada omadimiz kelmadi. Burchak zarbasidan so'ng gol o'tkazib yubordik. Tezkor goldan so'ng futbolchilarning ruhiyati tushib ketdi.

Buning natijasidan birin-ketin darvozamiz ishg'ol etilaverdi. Bu katastrofik natija. Tarkibni o'zim aniqladim, o'yinga taktikani men tanladim, demak, bugungi mag'lubiyatda barcha aybni o'z zimmamga olaman.

Bugungi mag'lubiyat uchun Braziliya xalqidan kechirim so'rayman. O'ylaymanki, ular bizni kechirishadi va bronza medali uchun kechadigan uchrashuvda futbolchilarni qo'llab-quvvatlashadi”, - deya so'zlariga yakun yasadi Skolari.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: olamsport.com