Skaloni: "Messi nima uchun chetlatildi? Hech nimaga tushunmadim"

Mirjalol Normatov
7 iyul 2019, 12:43
Argentina termasi bosh murabbiyi Lionel Skaloni terma hujumchisi Leo Messining chetlatilishi borasida gapirdi.

"Ushbu vaziyatning takrorini ko'rib chiqdim. Ammo Messi nima uchun chetlatilganini tushunmadim.

Arbitr omma oldida nimalarni ko'rganini aytib berishi qiziqroq bo'lardi. Shuningdek, VAR`dagi insonlarning ham gaplari men uchun qiziq.

To'g'ri, bosh hakam tezlik bilan qaror chiqardi. Biroq shunisi yomonki, shunday vaziyatlarni ko'rib olish uchun chiqarilgan VAR bu yerda ishlatilmadi. U bugun hakamga umuman yordam bermadi.

Agarda diqqatlik bilan ko'rilsa, Messi hech nima qilmagan edi. Hakam esa qarorini o'zgartirmadi va videotakrorni ham ko'rmadi.

To'g'ri qaror qabul qilish uchun vaziyatni 55 bora bo'lsa ham ko'rib chiqish kerak. Biroq bizning o'yinlarda bizga qarshi qarorlar umuman ko'rib chiqilmadi. Bu albatta yoqimsiz holat", - dedi Skaloni.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: As