

Bu haqda TEAMtalk xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, Angliya klubi 29 yoshli futbolchini Xosep Gvardiolaning kelajagidan qati nazar saqlab qolishni xohlamoqda. Takidlanishicha, Rodri yozda Bernardu Silva ketgandan keyin yangi sardor sifatida ko'rilmoqda. Viana shuningdek, ispaniyalikni "Manchester Siti"ning keyingi davridagi asosiy o'yinchilardan biriga aylanishi mumkinligiga ishontirmoqda.
Joriy mavsumda Rodri barcha turnirlarda 31 o'yin o'tkazib, 2 ta gol urdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil yozigacha. Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, futbolchining bozor qiymati 65 million evro.



