"Siti" 75 mln. evroga "Real" futbolchisini sotib olishga ishonadi

Aslanov Jasurbek
30 mar 2018, 15:31
"Manchester Siti" yozda "Real" yarim himoyachisi Iskoni 75 mln. evro evaziga xarid qilishga ishonchi komil.

Ma'lum bo'lishicha, "shaharliklar" 2013 yil Manuel Pellegrini boshchiligida Iskoni "Etixad"ga taklif qilgan edi, ammo yarim himoyachi "Malaga"dan "Real"ga o'tib ketgan.

O'shandan beri Isko "Real"ning asosiy tarkib futbolchisiga aylana olmadi. Bu mavsum 25 yoshli ispaniyalik "Qirollik klubi" bosh murabbiyi Zidan bilan murosa qila olmasligini tushundi.

Endi Isko "Siti"da o'zini sinab ko'rish niyatida. Ayni damda futbolchi va ingliz klubi o'rtasidagi muzokaralar davom etmoqda va "shaharliklar" iqtidorli futbolchi uchun kurashda o'zlarini asosiy yetakchi sifatida ko'rishmoqda.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Daily Mirror