Siroj Hamroev: “Xo'jand” Superkubokni yutib tarixga kirishi mumkin edi”

Narzulla Saydullayev
5 apr 2020, 10:19
Xabaringiz bor, kecha Tojikistonning “Istiqlol” va “Xo'jand” jamoalari mamlakat Superkubogi sovrini uchun maydonga chiqishdi.

Poytaxt jamoasining g'alabasi bilan tugagan bahsdan so'ng mehmon jamoa safida harakat qilgan o'zbekistonlik Siroj Hamroev o'yin borasidagi fikrlarini bildirdi.



“Birinchi bo'limda jamoamiz ajoyib o'yin ko'rsatdi. Bizga suyukli muxlislarimiz yetishmadi. Bilsangiz, “Xo'jand” jamoasining betakror va oliyjanob ishqibozlari bor. Ular har doim safarda yoki uyda biz bilan birga bo'lishadi. Garchi, bugun stadionga kiritilmagan bo'lsa ham qalban ularning madadini sezib turdik.

Hozirda butun dunyo bitta kasallik bilan kurashmoqda. Bunday paytda birinchi o'rinda inson sog'lig'i turadi. Qisqa qilib aytganda bizning o'n ikkinchi o'yinchilarimiz muxlislarimizning hayqiriqlari kamlik qildi.

Natijani saqlab qolish so'ngi daqiqalarda diqqatimizni yo'qotdik. Biroz e'tiborliroq bo'lishimiz kerak edi. Superkubokni yutish orqali tarixga kirishni istagan edik. Klub shu vaqtgacha biron marotaba ushbu sovringa ega chiqmagan ekan. Mana yaqin kunlarda ichki chempionat bahslari ham boshlanadi. 8 aprel kuni Pomirning SSKA jamoasiga qarshi o'yin bilan mavsumni boshlaymiz”, - deydi o'zbekistonlik futbolchi.


Abdulaziz Iskandarov yozib oldi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia