Siroj Hamroev “Dinamo”da

Aziz Tukhtamuradov
14 mar 2019
Superligada o'ynashi aniq bo'lgach, o'z tarkibini mahoratli futbolchilar evaziga kuchaytirishga xarakat qilgan “Dinamo” transfer oynasining so'nggi kunlariga kelib, Siroj Hamroevni o'z safiga qo'shib oldi.

29 yoshli himoyachi oxirgi mavsumlarni “Andijon” tarkibida PRO-Ligada o'tkazganini muxlislar yaxshi biladi. Joriy yil “burgutlar” Hamroev bilan tuzilgan shartnomani uzaytirishni istamadi va futbolchi o'ziga yangi jamoa topishga xarakat qildi. 

Qishki yig'inlar chog'ida Siroj Farg'onaning “Neftchi” jamoasi tarkibida ham ko'rinish bergandi. Yakunda esa Siroj Hamroev samarqandliklar bilan shartnoma imzoladi. 

Ma'lumot uchun, “Dinamo” tarkibiga undan tashqari “Andijon”dan hujumchi Qadamboy Nurmetov ham ko'chib o'tgan.


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: championat.asia